Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #11_band #deputat_faoliyati #kotibiyat_mudiri_ish_rejasi #19¹-modda

#haftalik_ish_reja_ijrosi
#kunlik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#11_band
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_mudiri_ish_rejasi
#19¹-modda

16-sonli DMTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi deputatlik nazoratida!

Aholiga, xususan, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarga qulay, xavfsiz va munosib shart-sharoitlarni yaratish, ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazishini ta’minlash borasidagi deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri,M.Yarmatov tomonidan o'zining  22-“Zartepa" saylov okrugida  “Zartepa” mahallasida joylashgan 16-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish davomida DMTTning 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, bino va xonalarning isitilishi, mavjud isitish tizimlarining sozligi, issiqlik ta’minoti, zarur yoqilg‘i va boshqa resurslar bilan ta’minlanganlik darajasi ko‘zdan kechirildi.

Xususan, 11-band — ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi va isitish tizimi holatini o‘rganish yo‘nalishiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, kuz-qish mavsumini barqaror, xavfsiz va muammosiz o‘tkazish, tarbiyalanuvchilar uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 1