Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
Samarqand viloyatida energiya samaradorligi va toza energiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha muhim qaror qabul qilindi

📌 Samarqand viloyatida energiya samaradorligi va toza energiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha muhim qaror qabul qilindi

✅ Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi hamda Osiyo infratuzilma investitsiyalar banki (OIIB) hamkorligida amalga oshirilishi rejalashtirilgan “O‘zbekistonda energiya samaradorligi va toza energiya” loyiha konsepsiyasi ko‘rib chiqilib, ma’qullandi.

📍 Mazkur loyiha mamlakatimizda energiya resurslaridan samarali foydalanish, energiya tejamkor texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish ko‘lamini kengaytirish hamda hududlarning energetik barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan.

➡️ Qarorga muvofiq, Osiyo infratuzilma investitsiyalar banki bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan loyiha konsepsiyasi viloyatda amalga oshiriladigan istiqbolli tashabbuslarning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida qo‘llab-quvvatlandi.

👍 Loyiha doirasida:

✅ energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan zamonaviy yondashuv va texnologiyalarni joriy etish;

✅ energiya resurslari sarfini qisqartirish va mavjud quvvatlardan oqilona foydalanish;

✅ toza va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;

✅ ijtimoiy va iqtisodiy soha obyektlarining energiya ta’minoti barqarorligini mustahkamlash;

✅ xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda ilg‘or tajriba va investitsiyalarni jalb etish nazarda tutilgan.

⚡️ Shuningdek, loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, erishilayotgan natijalar hamda yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashiga muntazam ravishda axborot kiritib borilishi belgilandi.

📊 Energiya samaradorligini oshirish va toza energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish bugungi kunda nafaqat iqtisodiy samaradorlik, balki ekologik barqarorlikni ta’minlashning ham muhim omillaridan biri hisoblanadi.

⚡️ Viloyat Kengashi tomonidan ma’qullangan ushbu loyiha konsepsiyasi Samarqand viloyatida “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini keng joriy etish, energiya resurslaridan oqilona foydalanish hamda kelajak avlodlar uchun barqaror va ekologik xavfsiz muhit yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1