Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
UMUMTA’LIM MAKTABLARINING SPORT ZALLARI VA SPORT JIHOZLARI HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Nazirov Madaminjon Ma’rufjon o‘g‘li hamda komissiya a’zosi Xidiyatulina Rima Rashitovna tomonidan tumandagi umumta’lim maktablarida sport infratuzilmasining holatini o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida maktab sport zallarining mavjudligi va umumiy holati, ularning moddiy-texnik ta’minoti, sport mashg‘ulotlarini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan sport anjomlari bilan jihozlanganlik darajasi hamda mavjud jihozlarning foydalanishga yaroqlilik holatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, o‘quvchilarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini sifatli tashkil etish, sport bilan shug‘ullanishlari uchun munosib shart-sharoitlar yaratish hamda sport zallari va anjomlaridan samarali foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi.

Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan maqsad — umumta’lim maktablarida sport infratuzilmasining holatini baholash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishiga ko‘maklashishdan iborat.

Slide 1 of 3