Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
DEPUTAT SO‘ROVI INOBATGA OLINIB, YO‘LLARNI TA’MIRLASH UCHUN MABLAG‘ YO‘NALTIRILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining III-24-84-14-204-K/26-sonli qarori asosida tuman mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mahalla infratuzilmasini yaxshilash va yo‘llarni ta’mirlash uchun mablag‘ yo‘naltirilishi belgilandi.
📍 Manzil: Eski Chilonzor 5-tor ko‘chasi va Katta Chilonzor ko‘chasi.
👤 Mas’ul deputat: Miryunusov Alisher Xabibullayevich — 2-Chilonzor saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati.
💰 Ajratilgan mablag‘: 180 000,0 ming so‘m (180 million so‘m).
Mazkur mablag‘lar Chilonzor tumani hududidagi mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, deputatlar so‘rovlarida ko‘tarilgan muammolarni inobatga olgan holda yo‘llarni ta’mirlash va asfaltlash maqsadlariga yo‘naltiriladi.
Mablag‘lar 2026-yil II choragida dehqon bozorlari, ixtisoslashtirilgan va buyum bozorlaridan tushgan soliq tushumlari hisobidan shakllangan mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalariga taalluqlidir.
Maqsad — yo‘llar holatini yaxshilash va fuqarolar uchun qulay infratuzilma yaratish.