Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati Mahalla “yettiligi” faoliyati deputatlik nazorati ostida

Aholi muammolari, bandlik, ijtimoiy himoya va yoshlar masalalari — deputatlik o‘rganishining diqqat markazida.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF–116-son Farmoni ijrosi doirasida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 19-“Ma’rifat” saylov okrugi deputati A.Mustafakulov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov tomonidan “Ma’rifat” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” asosida mahalla mas’ullarining aholi bilan ishlash samaradorligiga e’tibor qaratildi.
Jumladan:
🔹 hokim yordamchisining aholi
bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikni
rivojlantirish borasidagi ishlari;


🔹 ijtimoiy xodimning
ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy xizmat va moddiy
yordamlarni manzilli tashkil etish faoliyati;


🔹 xotin-qizlar faoli tomonidan
oilalar bilan ishlash, ayollar bandligi va ijtimoiy himoyasini ta’minlashga
qaratilgan chora-tadbirlar;


🔹 yoshlar yetakchisining
yoshlarni kasb-hunar, tadbirkorlik va bandlikka jalb etish, ularning bo‘sh
vaqtini mazmunli tashkil qilish borasidagi faoliyati tahlil qilindi.


📌 Muammolar va ularning
yechimlari muhokama qilindi



Mahalla faollari bilan muloqot davomida aholini qiynayotgan masalalar, mavjud
muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar hamda tegishli hujjatlar ko‘rib
chiqildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli
tavsiyalar berildi.



O‘rganish natijalari umumlashtirilib, Kengash kotibiyatiga taqdim etiladi.
Mahalladagi mavjud masalalar navbatdagi sessiya kun tartibini shakllantirishda
inobatga olinadi.



Maqsad — mahalla yettiligi faoliyati samaradorligini oshirish, deputatlik
nazoratini kuchaytirish va aholi muammolarining amaliy yechimiga erishish.
  

Slide 1 of 1