Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#162_qonun
#Oylik_Ish_reja_ijrosi
#Ish_reja_ijrosi
#24_ta_masala
Aholi bandligi va farovonligi — deputatlar e’tiborida


👤 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 4-Uch yog‘och–Qorabog‘ saylov okrugi deputati K. Xashimova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov tomonidan deputatlik faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida “Qorabog‘” mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF–193-son Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar maxsus savolnoma asosida o‘rganildi.

🔎 O‘rganish jarayonida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
🔹 barqaror ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash;
🔹 aholining doimiy daromad manbalariga ega bo‘lishini ta’minlash;
🔹 kambag‘al oilalarni kambag‘allikdan chiqarish;
🔹 kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish;
🔹 kredit, subsidiya va boshqa moliyaviy resurslardan samarali foydalanish;
🔹 amalga oshirilayotgan loyihalarning natijadorligini ta’minlash.

📊 O‘rganish davomida mahalladagi mavjud holat tahlil qilinib, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, aholi farovonligini oshirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan fikr almashildi.

🤝 Shuningdek, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi daromadlarini oshirish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi.

📌 Asosiy maqsad — mahallada aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish hamda Farmonda belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube
Slide 1 of 3