Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#24_ta_masala
🛒 Sherobod dehqon bozorida narx-navolar va mahsulotlar sifati o‘rganildi


Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Sherpo‘lat Boyqulov, hamda Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi raisi Otabek Tursunov bilan birgalikda Sherobod dehqon bozorida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

🔎 Nazorat-tahlil davomida bozordagi oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosi, mahsulotlar sifati va savdo sharoitlari o‘rganildi.

📊 Jarayon davomida kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining amaldagi narxlari, ularning aholiga maqbulligi, mahsulotlarni saqlash va sotish sharoitlari tahlil qilindi.

🧼 Shuningdek, savdo rastalarida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, mahsulotlarning to‘g‘ri joylashtirilishi va savdo shoxobchalarining umumiy holatiga alohida e’tibor qaratildi.

📌 O‘rganish davomida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullar bilan tegishli masalalar muhokama qilindi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 4