Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
MANZILLI DASTUR IJROSI DOIRASIDA OʻRGANISH OLIB BORILDI

 MANZILLI DASTUR IJROSI DOIRASIDA OʻRGANISH OLIB BORILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati F.Xashimova,
"Madad" NNT tuman vakili X.Qodirov hamda kotibiyati bosh mutaxassisi
A.Fozilovlar Tojik mahalla fuqarolar yigʻini hududida amalga oshirilayotgan
bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini joyiga chiqqan holda oʻrgandilar.
 

Bunda asosiy eʼtibor "ogʻir" toifaga kiritilgan mazkur mahallani
kompleks rivojlantirish, uning ixtisoslashuvini chuqurlashtirish hamda aholi
uchun qulay va zamonaviy infratuzilmani shakllantirishga qaratilgan
"Manzilli dastur" doirasida amalga oshirilayotgan ishlarga qaratildi.
 

Xususan, “PLANDEM” MCHJ tomonidan Tojik koʻchasida uzunligi 1 kilometr
boʻlgan beton ariq qurish ishlarini holati, qurilish-montaj ishlarining
belgilangan grafik asosida olib borilishi, bajarilayotgan ishlar sifati,
foydalanilayotgan qurilish materiallarining talablarga muvofiqligi,
loyiha-smeta hujjatlariga rioya etilishi hamda obyektni belgilangan muddatlarda
foydalanishga topshirish masalalari oʻrganildi.
 

Oʻrganish
yakuni boʻyicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qurilish ishlarini
sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan masʼullarga tegishli
tavsiyalar berildi.
  

Slide 1 of 3