Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
🔰Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish masalalari – doimiy komissiya e’tiborida

🔰Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish masalalari – doimiy komissiya e’tiborida

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
♦️Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuni 39, 40 va 41-moddalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-avgustdagi PF-126-son Farmoni ijrosini Jondor tumanida ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
♦️Kun tartibidagi masala yuzasidan tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i Sh. Boboyevning axboroti tinglandi.
♦️Muhokamalar davomida aholini, ayniqsa, ishsiz fuqarolarni doimiy va daromadli mehnat faoliyatiga jalb etish, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolarning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
♦️Shuningdek, mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, mehnat bozoridagi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali oilalarning daromadlarini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 4