Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
Qumqo‘rg‘onda 11 ta mahallani qamrab oluvchi ichimlik suvi loyihasi boshlandi

Xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilma investitsiyalar banki ishtirokidagi “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida tuman markazidagi 11 ta mahallani markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash ishlari boshlandi.

Loyiha Azlarsoy, Yangi shahar, Bog‘aro, Do‘stlik, Neftchilar, Beshqahramon, Ulug‘bek, Surxon sohili, To‘g‘on, Jiydali va Navbahor mahallalarini qamrab oladi.

Mazkur hududlarga ichimlik suvini “To‘palang” daryosi orqali tumanimizga yetkazib berilayotgan markazlashgan suv tizimi orqali yetkazish ko‘zda tutilgan.

Loyiha doirasida mavjud suv infratuzilmasini yangilash va kengaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshiriladi.

Jumladan, 2 dona suv rezervuarini ta’mirlash, 1 dona zararsizlantirish uskunasini o‘rnatish, 2 komplekt ikkinchi ko‘tarma nasos stansiyasini qurish, 4 506 dona suv hisoblagich o‘rnatish rejalashtirilgan.
Shuningdek, 9,6 kilometr magistral hamda 78 kilometr ichki suv tarmoqlari tortiladi.

Eng muhimi, loyiha yakunlangach, tuman markazidagi mazkur 11 ta mahallada istiqomat qiluvchi 48 857 nafar aholi barqaror va sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlanishi kutilmoqda.

Xususan, Ayni paytda loyiha doirasidagi dastlabki amaliy ishlar Azlarsoy mahallasida boshlandi.

Bugun Azlarsoy mahallasida boshlangan bu bunyodkorlik ishlari — ertaga tuman markazidagi minglab xonadonlar hayotida seziladigan o‘zgarishlarning boshlanishidir. Zero, toza ichimlik suvi — shunchaki infratuzilma emas, balki aholi salomatligi, farovonligi va munosib turmush sharoitining muhim garovidir.

Slide 1 of 4