Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
Ko‘p qavatli uylar atrofi obodonlashtirilmoqda

Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5 fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini Qumqo‘rg‘on tumanida ta’minlash, shuningdek, ko‘p kvartirali uylarga tutash hududlarni obodonlashtirish maqsadida qabul qilingan dastur asosida amalga oshirilmoqda.

O‘rganish jarayonida dasturda belgilangan vazifalarning ijrosi, ko‘p qavatli uylar atrofini obodonlashtirish va aholi uchun qulay muhit yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati ko‘zdan kechirildi.

Ayni paytda “Yangi Shahar” mahallasida zamonaviy bolalar o‘yingohini qurish ishlari olib borilmoqda. Ushbu tashabbus mahallada istiqomat qiluvchi bolalar uchun bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularning jismoniy faolligini oshirish va aholiga yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

Nazorat o‘rganishi davomida qurilish ishlarining sifatli va belgilangan talablar asosida amalga oshirilishi, obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 4