Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
Mahallalarda yangi loyihalar: tadbirkorlik tashabbuslari amaliy qo‘llab-quvvatlanmoqda

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi “Barqaror ish o‘rinlarini yaratish va kichik biznesni jadal rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-193-son Farmoni mazmun-mohiyati va tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, berilayotgan imtiyozlar hamda qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, mahallalarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar birma-bir ko‘rib chiqilib, ularni samarali tashkil etish, mavjud imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanish va loyihalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha tadbirkorlarga tegishli tavsiyalar berildi.

Tuman hokimi tomonidan har bir loyihaning joyiga chiqqan holda o‘rganilishi, tadbirkorlarning mavjud muammolarini aniqlash va ularni hal etishda amaliy ko‘mak ko‘rsatilishi ta’kidlandi.

Uchrashuvda mahallalarda yangi loyihalarni ishga tushirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish borasidagi vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar belgilab olindi.

Slide 1 of 6