Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
MAKTABGA QO‘SHIMCHA O‘QUV BINOSI QURILISHI BO‘YICHA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 3-“Bog‘bon” saylov okrugidan saylangan deputat To‘layev Eldor Zafaritdin o‘g‘li tomonidan Parkent tumani hokimi o‘rinbosari Soatov Baxtiyor Vaxobiddinovichga deputatlik so‘rovi yo‘llandi.
❇️ Deputat tomonidan saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar, shuningdek, “Qayilma” va “Bog‘bon” mahallalari nuroniylari hamda faollari bilan suhbatlar davomida hududdagi mavjud muammolar o‘rganildi.
❇️ O‘rganishlar davomida hudud aholisi tomonidan 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quv o‘rinlari yetishmasligi masalasi ko‘tarildi.
❇️ Hududda aholi sonining yil sayin ortib borayotgani ta’limga bo‘lgan ehtiyojning ham oshishiga sabab bo‘lmoqda. Hozirgi vaqtda maktabda o‘quv jarayoni ikki davrada tashkil etilgan bo‘lishiga qaramay, mavjud sinfxona va o‘quv xonalari yetishmovchiligi kuzatilmoqda.
📚 Shuningdek, o‘quvchilar uchun darsdan bo‘sh vaqtlarida to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish uchun ham qo‘shimcha xonalarga ehtiyoj mavjud.
❇️ Shu munosabat bilan maktab hududidagi mavjud bo‘sh yer maydonida qo‘shimcha 650 o‘rinli zamonaviy o‘quv binosi qurish taklifi ilgari surildi.
❇️ Mazkur bino qurilishi o‘quvchilar uchun yetarli ta’lim sharoitlarini yaratish, mavjud o‘quv o‘rinlari tanqisligini kamaytirish, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish hamda kelgusida hudud aholisi va maktab yoshidagi bolalar sonining ortishi bilan bog‘liq ehtiyojlarni qoplashga xizmat qiladi.
❇️ Deputatlik so‘rovida 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga qo‘shimcha 650 o‘rinli zamonaviy o‘quv binosi qurish taklifini o‘rganish, mazkur yo‘nalishda qanday chora-tadbirlar rejalashtirilgani va ularni amalga oshirish muddatlari yuzasidan asoslantirilgan yozma ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.
✅ Deputat so‘rovi amaldagi qonunchilikda belgilangan vakolat va tartiblar asosida yuborildi.
➡️ Maqsad — hududdagi bolalar uchun munosib ta’lim sharoitlarini yaratish va maktab infratuzilmasini rivojlantirish.
‼️ Ta’limga e’tibor — kelajakka e’tibor!

Slide 1 of 2