Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
KUZ-QISH MAVSUMIDA ISITISH TIZIMI HOLATI O‘RGANILDI

Kuz-qish mavsumini betalofat, barqaror va xavfsiz o‘tkazish — muhim vazifalardan biridir. Ayniqsa, yosh avlod ta’lim-tarbiya olayotgan muassasalarda mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rish, isitish tizimlarining soz va samarali ishlashini ta’minlash alohida ahamiyat kasb etadi.
🇺🇿 Shu maqsadda Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 13-“Istiqbol” saylov okrugidan saylangan deputat Maxmudova Baxtinisa Zuxriddinovna tomonidan 29-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.
📌 O‘rganish jarayonida muassasaning sovuq mavsumga tayyorgarligi, xususan, isitish tizimining holati, uning mavsum davomida barqaror ishlashini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.
🔥 Zero, qish mavsumida isitish tizimlarining uzluksiz va xavfsiz faoliyat yuritishi ta’lim muassasasida o‘quvchilar hamda pedagoglar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishda muhim omil hisoblanadi.
📌 Ayniqsa, bolalar musiqa va san’at maktabida tahsil olayotgan o‘quvchilarning mashg‘ulotlarni qulay, iliq va xavfsiz sharoitda davom ettirishi uchun mavsumiy tayyorgarlik ishlarini oldindan puxta tashkil etish zarur.
📌 Deputatlik nazorati esa bu boradagi ishlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishga ko‘maklashishda muhim vosita hisoblanadi.
📌 Kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish, ularni kelib chiqmasidan avval aniqlash va zarur choralarni ko‘rish — betalofat mavsum o‘tkazishning eng muhim shartlaridan biridir.
📌 Deputatlik nazoratining bunday shakli orqali ijtimoiy soha obyektlarida yaratilayotgan sharoitlar doimiy e’tiborda bo‘lib, fuqarolar, ayniqsa, bolalar uchun xavfsiz, qulay va munosib muhitni ta’minlashga xizmat qiladi.
❄️🔥 Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish — barchamizning umumiy vazifamiz!
✅ Issiq va xavfsiz muhit — sifatli ta’limning muhim garovi!

Slide 1 of 4