Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
220-SONLI MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

Yunusobod tuman Kengashi deputati Ashrapova I. tomonidan tumandagi 220-sonli umumta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

✅O‘rganish davomida maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, xususan, sinf xonalarining isitilishi, isitish tizimlarining texnik holati, batareya va radiatorlarning sozligi, shuningdek, issiqlik ta’minotining mavsumga tayyorligi ko‘zdan kechirildi.

Shu bilan birga, isitish tizimida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, o‘quv xonalarida me’yoriy haroratni ta’minlash hamda o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

📌O‘rganish ishlari O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni hamda mahalliy Kengash deputatining vakolatlari doirasida amalga oshirildi.

Yunusobod tuman Kengashi deputatlari tomonidan ijtimoiy soha obyektlarida mavsumiy tayyorgarlik holatini o‘rganish va aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha deputatlik nazorati davom ettiriladi.

Slide 1 of 2