Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
Obod mahalla — farovon hayot sari muhim qadam

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Xusainov Alisher Abduvahobovich tashabbusi bilan 17-Bek-to‘pi saylov okrugi hududidagi “Bek-to‘pi” va “Al-Xorazmiy” mahallalarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari keng ko‘lamda olib borilmoqda.
Amalga oshirilayotgan ishlarning asosiy maqsadi — mahallalar hududini yanada obod va ko‘rkam qilish, aholi uchun qulay va fayzli muhit yaratishdir. Shu maqsadda uylar oldidagi hududlar tartibga keltirilib, qotib qolgan yer maydonlari maxsus texnikalar yordamida yumshatilmoqda. Shuningdek, yerlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda.
Bunday ezgu tashabbuslar mahallalar qiyofasini yanada chiroyli va fayzli ko‘rinishga keltirish bilan birga, aholining obodonlashtirish ishlaridagi faolligini ham oshirmoqda.
Zero, obodlik — farovonlikning asosi, obod mahalla esa insonlar uchun munosib yashash muhitining muhim mezonidir.
Bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilib, “Bek-to‘pi” va “Al-Xorazmiy” mahallalarini yanada ko‘rkam va fayzli maskanga aylantirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 6