Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari huzurida Ekspert guruhi faoliyati

🔹 Ekspert guruhi – mahalliy Kengash va uning doimiy komissiyalari faoliyatini ekspertlik hamda axborot-maslahat jihatidan qo‘llab-quvvatlovchi, jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi maslahat organidir.

📋 Ekspert guruhining asosiy vazifalari:

✅ Kengash sessiyasi kun tartibidagi masalalarni dastlabki ekspertizadan o‘tkazish;
✅ Mahalliy Kengash qarorlari loyihalarini qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan tahlil qilish va xulosalar berish;
✅ Korrupsiyaviy omillar, ortiqcha ma'muriy to‘siqlar hamda gender tengligi bilan bog‘liq normalarni aniqlash bo‘yicha huquqiy tahlillar o‘tkazish;
✅ Doimiy komissiyalarga qaror loyihalarini ishlab chiqish va nazorat-tahlil tadbirlarini tashkil etishda ko‘maklashish;
✅ Xalqaro tajribani o‘rganish va uni mahalliy Kengashlar faoliyatiga tatbiq etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
✅ Fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
✅ Jamoatchilik fikrini o‘rganish, deputatlarning sayyor qabullari va aholi bilan uchrashuvlari samaradorligini oshirishga ko‘maklashish;
✅ Davlat va hududiy dasturlar loyihalarini ishlab chiqish hamda ularning ijrosi samaradorligini tahlil qilish;
✅ Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va davlat organlari rahbarlarining aholi bilan uchrashuvlari monitoringida ishtirok etish;
✅ Konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlarini tashkil etishda ko‘maklashish.

🤝 Ekspert guruhi faoliyati mahalliy Kengashlar ishining sifatini oshirish, qarorlar qabul qilishda ilmiy-amaliy yondashuvni kuchaytirish hamda jamoatchilik ishtirokini kengaytirishga xizmat qiladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 1