Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
“Chegara” mahallasida PF-116-sonli Farmon ijrosi muhokama qilindi

Termiz shahrida mahalla boshqaruv tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish hamda aholi muammolarini joyida aniqlash va hal etish yuzasidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Shu doirada, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar Kengashining 5-"Kattabog‘" saylov okrugi deputati I.Tangirov okrugi hududidagi “Chegara” mahallasida bo‘lib, mahallada amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandilar.

O‘rganish jarayonida mahalla vakillari bilan suhbat o‘tkazilib, mahallada aholi bilan ishlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni manzilli hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda mahalla boshqaruvini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur nazorat-tahlil tadbiri mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida tashkil etildi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-116-son Farmonida belgilangan vazifalarning mahalla miqyosida ijrosini ta’minlash, “mahalla yettiligi”ning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish va aholining murojaatlarini joyida hal etish bo‘yicha vazifalar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda mahallada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berildi.