Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulugʻbek tuman Kengashi 20-«Alisher Navoiy» okrugi deputati, tibbiyot fanlari doktori, professor Yoqutxon Madjidova Alisher Navoiy va Shukur Burhonov MFYlarida istiqomat qiluvchi, tadbirkorlik bilan shugʻullanish va daromad topish istagidagi xotin-qizlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda PF-193-son Farmoni ijrosi yuzasidan oilaviy va yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash, imtiyozli kreditlar olish hamda oʻz biznesini yoʻlga qoʻyish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot berdi.

Xotin-qizlarning qiziqishlari, hunarlari va biznes gʻoyalari tinglanib, ularni amalga oshirishda zarur yoʻnalishlar koʻrsatildi.

“Har bir ayolning oʻz daromad manbaiga ega boʻlishi — oilaning farovonligi va mahallaning taraqqiyoti demakdir. Tashabbuskor xotin-qizlarimizni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyormiz” — dedi Y.Madjidova.

Uchrashuv yakunida xotin-qizlarning taklif va murojaatlari oʻrganish uchun qabul qilindi.

Gʻoya sizdan — koʻmak bizdan! Tadbirkor ayollar — yurt taraqqiyotining tayanchi!

Slide 1 of 3