Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
SESSIYAOLDI O‘RGANISH — 105-SONLI MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati masalasi yuzasidan sessiyaoldi o‘rganish ishlari davom etmoqda.
📍 Shu doirada tuman Kengashi deputati M. Pardayev tomonidan saylov okrugi hududida joylashgan Navro‘z MFYdagi 105-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati joyiga chiqib o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida maktabdagi mavjud isitish tizimlarining holatiga alohida e’tibor qaratildi. Maktabda 4 ta qozonxona hamda eski binoda 6 ta golland pechi mavjudligi aniqlandi.
⚠️ Shu bilan birga, isitish qozonxonalarining eskirgani va talab darajasida emasligi, bino ichidagi isitish tizimlarida ham qator muammolar mavjudligi qayd etildi.
🏀 Ayniqsa, maktabning sport zalida isitish tizimi umuman ishlamasligi aniqlanib, bu holat kuz-qish mavsumida o‘quvchilar uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash nuqtayi nazaridan alohida nazoratga olindi.
📌 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, isitish tizimlarini mavsumga puxta tayyorlash hamda o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay sharoit yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
👥 O‘rganish yakunlari navbatdagi Kengash sessiyasida ko‘rib chiqiladigan masala yuzasidan deputatlik nazorati doirasida umumlashtiriladi.

Slide 1 of 3