Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
123-SONLI MAKTABDA INKLYUZIV TA’LIM UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #162_ta_eng_muhim_qonun #ekspert_guruhlari

123-SONLI MAKTABDA INKLYUZIV TA’LIM UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI

📁 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2026-yil 20-iyuldagi III-31-62-14-202-K/26-son qarori asosida tumandagi nogironligi bo‘lgan bolalarni ta’limga jalb qilish va ular uchun munosib sharoit yaratish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini o‘rganish maqsadida 123-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida deputatlik nazorati doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.

💼 O‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov, Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zolari hamda tegishli mas’ullar ishtirok etdi.

📇 O‘rganish davomida maktabda inklyuziv ta’lim oluvchi o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, inklyuziv xona faoliyatini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan jihozlarning belgilangan talablarga muvofiqligi, shuningdek, ta’lim olish jarayonida nogironligi bo‘lgan bolalar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratilganligi ko‘rib chiqildi.

🤔 Shuningdek, maktab hududidagi hojatxonalarda nogironligi bo‘lgan o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ulardan foydalanish qulayligi va belgilangan talablarga muvofiqligi ham joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🗂 O‘rganish, 2020-yil 15-oktabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-641-son Qonuni talablari ijrosi doirasida inklyuziv ta’limni tashkil etish, nogironligi bo‘lgan bolalarning ta’lim olish huquqlarini ta’minlash hamda ular uchun zarur sharoitlarni yaratish maqsadida tashkil etildi.

🔎 O‘rganish jarayonida ayrim ishlarning to‘liq yakuniga yetkazilmaganligi ham aniqlandi. Shu munosabat bilan pudratchi tashkilot mas’ullariga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qolgan ishlarni belgilangan talablar asosida sifatli yakunlash hamda inklyuziv ta’lim uchun zarur sharoitlarni to‘liq ta’minlash yuzasidan ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

📈 Mazkur yo‘nalishdagi ishlarning yakuniy holati xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi tomonidan deputatlik nazorati tartibida qayta o‘rganib boriladi.

Slide 1 of 6