Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
🏡 AHILLIK MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA ISHLAR TAHLIL QILINDI


📌 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Baxromov tomonidan Ahillik mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisining faoliyati, aholi bandligini ta’minlash hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida mahalladagi ishsiz fuqarolarni aniqlash, ularni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi.
💼 AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
Aholining bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish maqsadida fuqarolarni tadbirkorlikka jalb etish, imtiyozli kreditlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda kasb-hunar o‘rganishga yo‘naltirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilgan.
📊 NATIJA:
💳 26 nafar fuqaroga oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish uchun imtiyozli kredit ajratilgan;
🎓 22 nafar fuqaro kasb-hunar va o‘quv kurslariga yo‘naltirilgan;
💼 140 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan.
📈 Xulosa qilib aytganda, mahallada aholi daromadlarini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.
📌 Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazoratida bo‘lib, aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rib boriladi.

Slide 1 of 1