Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
SARDОBA TUMANIDAGI 13-MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMIDA DA QURILISH VA REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI.

 Xalq deputatlari Sardoba Kengashi deputati G‘. Saitboyev hamda Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxasisi L. Toshquvvarovlar tomonidan Sardoba tumanidagi 13-son maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tizimidagi ta’lim muassasasida olib borilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari holati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida ta’lim muassasasida amalga oshirilayotgan qurilish, ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari, ularning belgilangan talablar asosida olib borilishi, bajarilayotgan ishlarning sifati hamda ishlarning borishi bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay shart-sharoitlar yaratish, ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladigan infratuzilmani yaxshilash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mas’ullarga qurilish va rekonstruksiya ishlarini sifatli hamda belgilangan muddatlarda yakunlash, qurilish jarayonida xavfsizlik va texnik talablarga qat’iy rioya etish, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud masalalar deputatlar tomonidan nazoratga olinib, belgilangan vazifalarning ijrosi hamda qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati bo‘yicha monitoringni davom ettirish belgilandi.

Ta’lim muassasalarida zamonaviy, xavfsiz va munosib sharoitlarni yaratish — farzandlarimizning sifatli ta’lim olishi va kelajagi uchun muhim omildir. Shu bois, qurilish va rekonstruksiya ishlarining sifati hamda samaradorligi deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi.

Slide 1 of 9