Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yetimqum mahallasida mahalla mutasaddilari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Istiqlol mahallasida o'rganish ishlari olib borildi
янв.21
Xomkon mahallasida deputatlik faoliyati doirasida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
3-umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
«Qishloqozon» mahallasida mahalla yettiligi faoliyati va fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida mahalla yettiligi faoliyati va deputatlik tavsiyalari ijrosi o‘rganildi
янв.21
«Kelajak markazi»da faoliyat samaradorligini oshirish masalalari o‘rganildi
янв.21
«Bog‘iston» mahallasida profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
TOSHKENT BOTANIKA BOG‘IDA YANGI SUN’IY SUV HAVZASI BARPO ETILISHI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston Ekologik partiyasi vakili Natalya Voropayeva Toshkent Botanika bog‘iga ishchi tashrif amalga oshirdi.

✅Tashrifdan asosiy maqsad — “Toza havo” umummilliy ekologik tashabbusi doirasida maydoni 0,5 gektar bo‘lgan yangi sun’iy suv havzasini barpo etish ishlarining borishini o‘rganish hamda loyihaning tabiiy majmua ekotizimiga ehtimoliy ta’sirini baholashdan iborat bo‘ldi.

💧Yangi suv havzasining barpo etilishi hudud landshaftini yanada boyitish bilan bir qatorda, issiq oylarda mikroiqlim va namlik darajasini yaxshilash, shuningdek, Botanika bog‘ida yashovchi qushlar hamda noyob o‘simlik turlari uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.

🔎Ishchi o‘rganish davomida deputat tomonidan hududda olib borilayotgan tuproq qazish va gidroizolyatsiya ishlarining joriy holati ko‘zdan kechirildi. Qurilish jarayonida mavjud yashil hududlar, daraxt va butazorlarni asrab-avaylash masalalari mutaxassislar bilan muhokama qilindi.

👩🏻‍🏫Deputat Natalya Voropayeva barcha ishlar botaniklar va ekologlarning tavsiyalari asosida, tabiiy muhitga aralashuvni imkon qadar kamaytirgan holda amalga oshirilishi zarurligini ta’kidladi.

📌Huquqiy asos:

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, 1992-yil 9-dekabrdagi 754-XII-son.

Mazkur Qonun tabiiy muhitni asrash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilishning huquqiy asoslarini belgilaydi.

Slide 1 of 3