Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
#Kunlik_ish_reja #Tashkilot_bilan_hamkorlik #Deputatlik_nazorati #19¹-modda 🚧 Yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha deputatlik nazorati olib borildi.

#Kunlik_ish_reja
#Tashkilot_bilan_hamkorlik
#Deputatlik_nazorati
#19¹-modda

🚧 Yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha deputatlik nazorati olib borildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 18-Yangi turmush saylov okrugi deputati Yuldosheva Sevara tomonidan hududdagi yo‘l infratuzilmasining holati hamda olib borilayotgan obodonlashtirish va kengaytirish ishlari yuzasidan deputatlik nazorati amalga oshirildi.

O‘rganish davomida Angor tumani yo‘llardan foydalanish korxonasi tomonidan Angor tumani markaziga kirish qismida, Yangi turmush mahallasi At-Termiziy ko‘chasidagi D-025 avtomobil yo‘lining 5,6 kilometr oralig‘ida yo‘lni kengaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Deputat tomonidan ishlarning belgilangan talablar asosida, sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishiga alohida e’tibor qaratildi.Shuningdek, mazkur yo‘lning kengaytirilishi hudud aholisi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish, transport qatnovini yaxshilash hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

📌 Deputatlik nazorati davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi

Slide 1 of 1