Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
🔽Elektr energiyasidan oqilona foydalanish – barqaror farovonlik garovi

🔽Elektr energiyasidan oqilona foydalanish – barqaror farovonlik garovi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Norov hamkorligida “Zarafshon” mahallasi hududida elektr energiyasini tejash va quyosh panellaridan samarali foydalanish madaniyatini targ‘ib qilish borasidagi ishlar o‘rganildi.
⚡️O‘rganish davomida hudud aholisiga elektr energiyasidan tejamkor va oqilona foydalanish, energiya sarfini kamaytirishda zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanishning ahamiyati yuzasidan tushuntirishlar berilayotgani ko‘zdan kechirildi.
⚡️Ayniqsa, xonadonlar va ijtimoiy obyektlarda quyosh panellaridan foydalanish elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojni qoplash, xarajatlarni kamaytirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishda muhim omil ekani ta’kidlandi.
⚡️Shuningdek, aholi o‘rtasida energiya tejamkorligi madaniyatini shakllantirish, elektr jihozlaridan foydalanishda isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik va quyosh energiyasidan samarali foydalanish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.
⚡️Energiya tejamkorligi – nafaqat bugungi kun, balki kelajak avlod uchun ham muhim mas’uliyatdir. Hududda bu boradagi ishlarni izchil davom ettirish belgilandi.

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 5