Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
Kengash_faoliyati

Bandixon tumanida Xalq deputatlari Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi yangi tahrirdagi tarkibda tasdiqlandi

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining navbatdagi qarori bilan tuman Kengashi huzurida faoliyat yurituvchi Ekspert guruhining yangilangan tarkibi tasdiqlandi.

Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi huzurida ekspert guruhi tashkil qilish to‘g‘risida”gi KQ-52-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda Oliy Majlis palatalarining qo‘shma qarorlari bilan tasdiqlangan "Yo‘l xaritasi" vazifalarini hayotga tatbiq etish maqsadida qabul qilindi.

Yangi таrkibga tuman Kengashi raisi E.Jurayev rahbarlik qiladi. Shuningdek, ekspert guruhi tarkibiga tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i, siyosiy partiyalar tuman Kengashlari raislari, kasaba uyushmalari, nuroniylar jamg‘armasi va ta’lim muassasalari vakillari hamda tajribali deputatlar kiritildi.

Tarkibga kiritilgan o‘zgarishlar mahalliy Kengashlar faoliyatining ochiqligi, qonunchilik hujjatlari ijrosining samaradorligini oshirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqin hamkorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2