Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yetimqum mahallasida mahalla mutasaddilari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Istiqlol mahallasida o'rganish ishlari olib borildi
янв.21
Xomkon mahallasida deputatlik faoliyati doirasida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
3-umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
«Qishloqozon» mahallasida mahalla yettiligi faoliyati va fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida mahalla yettiligi faoliyati va deputatlik tavsiyalari ijrosi o‘rganildi
янв.21
«Kelajak markazi»da faoliyat samaradorligini oshirish masalalari o‘rganildi
янв.21
«Bog‘iston» mahallasida profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
IJTIMOIY XIZMATLAR KO‘RSATILISHI DEPUTATLIK NAZORATI ASOSIDA O‘RGANILDI

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF–209-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida mahallalarda aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash, ehtiyojmand oilalarni aniqlash va ularga manzilli yordam ko‘rsatish masalalari deputatlik nazorati asosida o‘rganib borilmoqda.
🔵 Shu maqsadda Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 16-“Bodomtepa” saylov okrugidan saylangan deputat Ashirmatova Xurshida Soliyevna tomonidan “Quruqsoy” mahallasida faoliyat olib borayotgan ijtimoiy xodimning ish faoliyati o‘rganildi.
📌 O‘rganish jarayonida mahalladagi ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning mavjud muammolari, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati, manzilliligi va amaliy natijalari tahlil qilindi.
📊 Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda mahallada 16 ta oila ijtimoiy reyestrda qayd etilgan bo‘lib, ularning 9 tasi Davlat ta’minotidagi oilalar hisoblanadi. Mazkur xonadonlar bilan individual ishlash yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, har bir oilaning ijtimoiy sharoiti va ehtiyojlari alohida o‘rganilmoqda.
📌 Oilalarning muammolarini bartaraf etish maqsadida individual rejalar ishlab chiqilib, mavjud ehtiyojlardan kelib chiqqan holda tegishli ijtimoiy xizmatlar va amaliy yordamlar tashkil etilmoqda.
🔹 Deputatlik nazorati davomida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
·         ehtiyojmand oilalarni aniqlash va ularning ijtimoiy holatini baholash;
·         reyestrdagi oilalar bilan individual va manzilli ishlash;
·         nogironligi bo‘lgan fuqarolarga zarur ko‘mak ko‘rsatish;
·         yolg‘iz va doimiy ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar holidan xabar olish;
·         og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash;
·         mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish;
·         homiylar, xayriya tashkilotlari va jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikni kuchaytirish.
🔵 O‘rganish jarayonida ijtimoiy reyestrdagi oilalarga yordam ko‘rsatishda ularning faqat bugungi ehtiyojlarini qondirish emas, balki mavjud muammolarni kelgusida bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish muhimligi qayd etildi.
📌 Shuningdek, vasiylik va homiylikdagi bolalar, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar hamda alohida e’tibor talab qiladigan voyaga yetmaganlar bilan ishlash holati ham nazoratdan chetda qolmasligi ta’kidlandi.
📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha ijtimoiy xizmatlarning samaradorligini oshirish, ehtiyojmand oilalar bilan individual ishlashni kuchaytirish, aniqlangan muammolarni tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘z vaqtida hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🔵 Inson manfaatlari — ustuvor!
🔵 Ijtimoiy himoya — doimiy e’tiborda!
🔥 Har bir xonadon — alohida yondashuvda!

Slide 1 of 4