Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
Paxtachi mahallasida ishchi guruh tashkil etildi

Paxtachi mahallasida ishchi guruh tashkil etildi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi 17-saylov okrugi deputati Altiboyeva Muxtaram Ruzmamatovna tomonidan Paxtachi mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirish holatini o‘rganish maqsadida ishchi guruh tashkil etildi.
👥 Ishchi guruh tarkibi:
🔹 Pulatov Orol — MFY raisi;
🔹 Xidirov Ruslan — hokim yordamchisi;
🔹 Ortiqova Manzura — ijtimoiy xodim;
🔹 Narziyeva Malika — otinoyi;
🔹 Nazarov Sodiq — nuroniy.
📌 Ishchi guruh tomonidan mahalladagi:
🔹 ishsiz fuqarolar va kambag‘al oilalar holati;
🔹 aholi bandligini ta’minlash va daromad manbalarini yaratish imkoniyatlari;
🔹 ijtimoiy xizmatlarga ehtiyoji bo‘lgan fuqarolar;
🔹 xotin-qizlar, yoshlar va nuroniylarning muammolari;
🔹 ijtimoiy infratuzilma obyektlarining holati
o‘rganiladi.
📋 O‘rganish davomida aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olinadi.
🤝 Maqsad — mahalladagi mavjud muammolarni manzilli o‘rganish, fuqarolarning bandligini ta’minlash, ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish va aniqlangan muammolarning amaliy yechimiga erishish.

Slide 1 of 1