Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
HUDUDDA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

HUDUDDA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati tomonidan hududdagi uchastka nozirlari va profilaktika inspektorlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida mahallalarda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda aholi murojaatlari bilan ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Profilaktika inspektorlari tomonidan hududdagi mavjud vaziyat, aniqlangan muammolar va ularning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, muammoli oilalar, nazoratsiz qolayotgan yoshlar, huquqbuzarlikka moyil shaxslar bilan profilaktik ishlarni kuchaytirish, oilaviy nizolarning oldini olish hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Deputat tomonidan fuqarolar bilan uyma-uy va mahallabay ishlash, ularning murojaatlarini tinglash, aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish zarurligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida hududdagi osoyishtalikni ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 4