Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati D. Arabova tomonidan 4-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarga zarur holatlarda birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun maktab hamshirasi tasarrufidagi dori-darmon vositalari zaxirasi o‘rganildi.
#tavsiyalar
#qonun_162
#deputatlik_nazorati

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati D. Arabova tomonidan 4-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarga zarur holatlarda birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun maktab hamshirasi tasarrufidagi dori-darmon vositalari zaxirasi o‘rganildi.

O‘rganish davomida mavjud dori vositalarining ro‘yxati, yaroqlilik muddati, saqlash sharoitlari hamda o‘quvchilarga zarur vaziyatlarda tibbiy yordam ko‘rsatish uchun yetarliligi ko‘zdan kechirildi.

Mazkur o‘rganish bolalar salomatligini muhofaza qilish, maktabda xavfsiz ta’lim muhitini ta’minlash va tibbiy yordamni o‘z vaqtida tashkil etish masalalariga qaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni hamda sog‘liqni saqlash sohasidagi qonunchilik talablaridan kelib chiqib, ta’lim oluvchilarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish muhim vazifalardan biridir.

Deputatlik nazoratining mazmuni — mavjud holatni shunchaki qayd etish emas, balki bolaga zarur paytda yordam o‘z vaqtida yetib borishi uchun amaliy sharoit mavjudligini joyida tekshirishdir.

O‘rganish jarayonida Kengash bosh mutaxassisi Z. Temirova deputat ishiga mas’ul xodim sifatida ishtirok etdi.

Bola salomatligi bilan bog‘liq masalada “keyin” degan tushuncha bo‘lmasligi kerak. Zarur vosita zarur paytda mavjud bo‘lishi — xavfsiz ta’lim muhitining muhim shartidir.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash
Slide 1 of 3