Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
“ZANGIOTA” MAHALLASIDAGI BOLALAR FUTBOL MAYDONCHASI — DEPUTAT E’TIBORIDA

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ “ZANGIOTA” MAHALLASIDAGI BOLALAR FUTBOL MAYDONCHASI — DEPUTAT E’TIBORIDA

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Aziz Ibragimov hamda xalq deputatlari Shayxontohur tumani Kengashi deputati D. Asadullayev “Zangiota” mahallasida joylashgan bolalar mini futbol maydonchasining amaldagi holatini joyiga chiqib o‘rgandilar.

🔎 O‘rganish davomida maydonchaning texnik holati, qoplamasi, futbol darvozalari va to‘rlari, xavfsizlik panjaralari hamda yoritish tizimi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mahalla aholisi va yoshlar bilan muloqot qilinib, ularning sport maydonchasidan foydalanish bilan bog‘liq taklif va ehtiyojlari tinglandi.

⚠️ Ma’lum bo‘lishicha, maydoncha uzoq vaqtdan buyon ta’mirlanmagani sababli to‘liq ta’mirlashga ehtiyoj mavjud. Xususan, sifatli qoplama, darvoza va to‘rlar, xavfsizlik panjaralarini yaxshilash zarurati, shuningdek, kechki vaqtda foydalanish uchun yoritish tizimi mavjud emasligi qayd etildi.

🔺 Mazkur masala mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri — mahallalarda bolalar va yoshlar uchun sport inshootlarining mavjudligi, ularning holati va zarur jihozlar bilan ta’minlanganligini o‘rganish doirasida ko‘rib chiqildi.

💡 Ayniqsa, maydonchada yoritish tizimini tashkil etish bolalar va yoshlarning kunning kechki vaqtlarida ham sport bilan shug‘ullanishi uchun zarur sharoit yaratishi nuqtayi nazaridan muhim masala sifatida qayd etildi.

📉 Bunday sport maydonchalari yoshlarning sog‘lom turmush tarziga amal qilishi, sport bilan muntazam shug‘ullanishi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishi uchun xizmat qilishi ta’kidlandi. Shu bois maydonchani ta’mirlash masalasi nafaqat hudud infratuzilmasini yaxshilash, balki yoshlar uchun munosib sharoit yaratish jihatidan ham muhim ahamiyatga ega.

🗣 O‘rganish yakunida Aziz Ibragimov va D. Asadullayev mazkur masala yuzasidan ko‘riladigan chora-tadbirlarni nazoratga olishlarini bildirib, futbol maydonchasida ta’mirlash ishlarini boshlash bo‘yicha tegishli tashkilotlarga taklif kiritilishini ma’lum qildilar.

🤝 Bolalar va yoshlar uchun xavfsiz, zamonaviy va foydalanishga qulay sport maydonlarini yaratish — ularning sog‘lom va faol ulg‘ayishi uchun muhim sharoitdir.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 5