Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

💠Xalq dardi tinglangan maskan: Sherobodda har bir murojaat e’tibor markazida

➡️Sherobod tumanida aholi murojaatlarini o‘rganish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarga yechim topish hamda xalq bilan ochiq muloqotni ta’minlash maqsadida tuman hokimining navbatdagi ochiq qabuli bo‘lib o‘tdi.

➡️ Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 24-Xo‘jaqiya saylov okrugi deputati, Sherobod tuman hokimi Alimov Usmon Ibrohimovich hamda tarmoqlar bo‘yicha hokim o‘rinbosarlari ishtirokida o‘tkazilgan qabulda fuqarolarning murojaatlari atroflicha tinglanib, ularning muammolarini hal etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

➡️Samimiy va ochiq muloqot ruhida kechgan qabul davomida bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, kommunal xizmatlar sifati, infratuzilmani yaxshilash, moddiy yordam, uy-joy, yer munosabatlari hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan ko‘plab murojaatlar kelib tushdi.

➡️Har bir murojaatga alohida e’tibor qaratilib, ularning qonuniy va adolatli yechimini ta’minlash maqsadida mas’ul tashkilot rahbarlari hamda mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi. Ayrim masalalar qabul jarayonining o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar nazoratga olinib, ijrosi bo‘yicha mas’ullar biriktirildi.

➡️Ta’kidlanganidek, bunday ochiq qabullar xalq bilan davlat idoralari o‘rtasidagi muloqotni yanada mustahkamlash, fuqarolarni o‘ylantirayotgan masalalarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda inson manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

➡️Eng muhimi, har bir tinglangan murojaat, har bir berilgan topshiriq va har bir topilgan yechim xalq ishonchini mustahkamlash, davlat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro hamjihatlikni yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 8