Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
DEPUTAT NAZORATI

DEPUTAT NAZORATI

Ijtimoiy himoya va fuqarolarning turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar doirasida Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati O. Artiqova "Ko‘ktom" mahallasida bo‘lib, "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimida ro‘yxatda turuvchi Munisa Masharipova xonadonida o‘rganish o‘tkazdi.
Suhbat jarayonida oilaning ijtimoiy-maishiy sharoitlari, bandligini ta'minlash va daromad manbaini kengaytirish masalalari diqqat markazida bo‘ldi. Xususan, oilaning tomorqadan samarali foydalanish va tadbirkorlik faoliyatini boshlash orqali moddiy ahvolini yaxshilash maqsadida imtiyozli kredit olish bo‘yicha qilgan murojaati va uning ko‘rib chiqilish jarayoni joyida o‘rganib chiqildi.
Davlatimiz siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan ijtimoiy adolat va aholini qo‘llab-quvvatlash tamoyiliga muvofiq, fuqarolarning bunday tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning qonuniy manfaatlarini ta'minlash doimiy deputatlik nazoratida bo‘ladi.