Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yetimqum mahallasida mahalla mutasaddilari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Istiqlol mahallasida o'rganish ishlari olib borildi
янв.21
Xomkon mahallasida deputatlik faoliyati doirasida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
3-umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
«Qishloqozon» mahallasida mahalla yettiligi faoliyati va fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida mahalla yettiligi faoliyati va deputatlik tavsiyalari ijrosi o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
«Kelajak markazi»da faoliyat samaradorligini oshirish masalalari o‘rganildi
янв.21
«Bog‘iston» mahallasida profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
Qoshtut mahallasidagi 24-sonli ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab hududdagi madaniyat muassasalari, muzeylar va kutubxonalar faoliyati o‘rganildi

 Qoshtut mahallasidagi 24-sonli ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab hududdagi madaniyat muassasalari, muzeylar va kutubxonalar faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi Sh. Umarxodjayeva, 26-Farobiy saylov okrugi deputati N. Kamalova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Shopotixov tomonidan Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 talik tavsiyalar doirasida hududdagi madaniyat muassasalari, muzeylar va kutubxonalar faoliyati o‘rganildi.

📚 O‘rganish jarayonida muassasalarning moddiy-texnik bazasi, mavjud shart-sharoitlari, kitob fondining holati va saqlanishi, kutubxonalardan aholining, ayniqsa yoshlarning foydalanish imkoniyatlari atroflicha ko‘rib chiqildi.

🎭 Shuningdek, madaniy-ma’rifiy tadbirlarning tashkil etilishi, aholining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlarni kitobxonlikka jalb etish hamda madaniyat va san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔎 O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ul xodimlar bilan fikr almashilib, mavjud muammolarni bartaraf etish, muassasalar faoliyatini yanada takomillashtirish, kitobxonlar uchun qulay sharoitlarni kengaytirish hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlar qamrovini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

🌱 Asosiy maqsad — hududda ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada rivojlantirish, aholining madaniy hordiq chiqarishi, yoshlarning kitobxonlikka qiziqishini oshirish hamda madaniyat muassasalari faoliyati samaradorligini ta’minlashdir.

Slide 1 of 8