Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yetimqum mahallasida mahalla mutasaddilari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Istiqlol mahallasida o'rganish ishlari olib borildi
янв.21
Xomkon mahallasida deputatlik faoliyati doirasida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
3-umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
«Qishloqozon» mahallasida mahalla yettiligi faoliyati va fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida mahalla yettiligi faoliyati va deputatlik tavsiyalari ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Mustaqillik” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Bog‘bonlar yurti» mahallasidagi 19-sonli MTTda o‘rganish olib borildi
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Uchrashuvda, avvalo, deputatlarning saylovchilar bilan ishlashi, aholi murojaatlarini o‘rganishi, hududlarda olib borayotgan amaliy ishlari va deputatlik nazorati doirasida erishilayotgan ijobiy natijalarni keng jamoatchilikka yetkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅Shuningdek, deputatlar faoliyatini ijtimoiy tarmoqlar, “Shirin sadosi” gazetasi hamda radioeshittirishlar orqali muntazam va kengroq yoritish, aholining deputatlar faoliyati haqidagi xabardorligini oshirish, amalga oshirilayotgan ishlarning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash yuzasidan fikr almashildi.

💬 K.Azimjonov, shahar hokimligi Axborot xizmati rahbari — matbuot kotibi, deputatlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni aholiga tezkor, aniq va ta’sirchan shaklda yetkazish muhimligini ta’kidlab, deputatlarning hududlarda olib borayotgan faoliyati, aholi bilan uchrashuvlari va muammolarni hal etish borasidagi amaliy natijalarini ijtimoiy tarmoqlarda muntazam yoritib borish bo‘yicha hamkorlikni yanada kuchaytirishga tayyorligini bildirdi.

💬 O.Ashirqulov, “Shirin sadosi” gazetasi bosh muharriri, o‘z navbatida, deputatlarning xalq vakili sifatidagi faoliyati, saylovchilar bilan uchrashuvlari, deputatlik so‘rovlari va nazorat tadbirlarini gazeta sahifalarida keng yoritish orqali jamoatchilikni xabardor qilish muhimligini qayd etdi. Shuningdek, deputatlar faoliyatini muntazam yoritish borasida tahririyat va Kengash o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan takliflarini bildirdi.

🤝Uchrashuv yakunida deputatlar faoliyatini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda izchil, xolis va mazmunli yoritib borish, aholining Kengash va deputatlar faoliyati haqidagi xabardorligini oshirish hamda deputatlarning xalq oldidagi mas’uliyatini yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli kelishuvlarga erishildi.

📌 Xalq bilan ochiq muloqot, amaliy natija va jamoatchilikka ochiqlik — deputatlik faoliyatining muhim mezonlaridandir.

Slide 1 of 4