Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
3-umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Istiqlol mahallasida o'rganish ishlari olib borildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Yetimqum mahallasida mahalla mutasaddilari faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida mahalla yettiligi faoliyati va deputatlik tavsiyalari ijrosi o‘rganildi
янв.21
«Qishloqozon» mahallasida mahalla yettiligi faoliyati va fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Xomkon mahallasida deputatlik faoliyati doirasida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiyalarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
«Bog‘iston» mahallasida profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
“Obod mahalla” dasturi doirasidagi ishlar deputatlik nazoratida

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #partiya_guruhlari #haftalik_ish_reja_ijrosi

“Obod mahalla” dasturi doirasidagi ishlar deputatlik nazoratida

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashidagi “Adolat” SDP deputatlik guruhi a’zosi, 23-“Haqiqat” saylov okrugi deputati Xaydarov Artur Mixaylovich tashabbusi bilan okrug hududidagi Nurobod mahallasida “Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilishi belgilangan ishlarning ijrosi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

⚙️ Mazkur o‘rganishdan asosiy maqsad — mahalla hududida aholi uchun qulay va obod muhit yaratish, infratuzilmani yaxshilash hamda dastur doirasida belgilangan vazifalarning amalda qanday bajarilayotganini aniqlashdan iborat bo‘ldi.

📁 Ma’lumki, Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining III-29-42-14-202-K/26-sonli qaroriga binoan, “Obod mahalla” dasturi doirasida turli sabablarga ko‘ra to‘xtab qolgan ishlarni qayta davom ettirish, shuningdek, tumandagi “Bog‘iston”, “Farhod”, “Nurobod” va “Yangiyo‘l” mahallalarini kompleks rivojlantirish bo‘yicha avval amalga oshirilgan ishlar uchun pudratchi tashkilot oldidagi qarzdorliklarni qoplash hamda qolgan ishlarni yakunlash maqsadida jami 8 mlrd. 800 mln. so‘m mablag‘ ajratilgan.

📈 Ushbu mablag‘larning ajratilishi mahallalarda infratuzilmani yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish va aholi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan muhim choralar sifatida belgilangan.

⚠️ Biroq Nurobod mahallasida o‘tkazilgan o‘rganish davomida mahalla faollarining murojaatlarida ko‘tarilgan masalalar o‘z tasdig‘ini topdi. Jumladan, “Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilishi belgilangan ayrim ishlar hamon to‘xtab turgani, ajratilgan mablag‘lar va belgilangan vazifalarga qaramay, hududda amaliy ishlar olib borilmayotgani aniqlandi.

🕯 Mahalla aholisi tomonidan bildirilayotgan murojaat va takliflar, avvalo, hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish, boshlangan ishlarni yakuniga yetkazish va dastur doirasida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash zarurligini ko‘rsatmoqda.

📝 O‘rganish davomida aniqlangan holatlar tegishli mas’ullar e’tiboriga yetkazilib, dastur doirasida belgilangan ishlarni qayta jonlantirish, mavjud muammolarning sabablarini o‘rganish hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali yo‘naltirilishini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rish belgilandi.

📈 Mazkur masala deputatlik nazoratiga olinib, “Obod mahalla” dasturi doirasida Nurobod mahallasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarning amaldagi holati va ularning yakunlanishi bo‘yicha nazorat tadbirlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 2