Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
19-sonli DMTTdagi ishlar yana bir bor o‘rganildi

#Komissiya_nazorati #haftalik_ish_reja_doirasida #Open_byudjet #ekspert_guruhlari

19-sonli DMTTdagi ishlar yana bir bor o‘rganildi

📈 “Ochiq budjet” tashabbusining 2026-yil 1-mavsumi doirasida g‘olib bo‘lgan loyihalarda amalga oshirilayotgan ishlar muntazam ravishda deputatlik nazorati asosida o‘rganib kelinmoqda.

⚙️ Xususan, tumandagi 19-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida quruvchi tashkilot tomonidan loyiha doirasida amalga oshirilayotgan va yakuniga yetib qolgan ishlar yana bir bor o‘rganildi.

💼 O‘rganish jarayonida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov hamda ekspert guruhi a’zolari ishtirok etdi.

🔴 O‘rganish davomida loyiha doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarning deyarli yakuniga yetgani aniqlandi. Shu bilan birga, DMTT rahbariyati tomonidan ayrim kamchiliklarni to‘liq bartaraf etish zarurligi qayd etildi.

📈 Mazkur holatlarni inobatga olgan holda, ishchi guruh tomonidan loyiha doirasidagi barcha ishlarni to‘liq va sifatli yakunlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda belgilangan talablar asosida ishlarni amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 5