Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
Odam savdosiga qarshi kurash — inson qadrini himoya qilishdir!
Odam savdosiga qarshi kurash — inson qadrini himoya qilishdir!

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputatlari M. To‘raboyev, Sh. Isamutdinov va J. To‘rayevlar “Adolat” SDP Buxoro viloyati hamda Kogon shahar Kengashlari bilan hamkorlikda odam savdosiga qarshi kurashish va uning oldini olish masalalarini muhokama qildilar.

Tadbirda odam savdosi inson huquqlari, erkinligi va qadr-qimmatiga jiddiy tahdid soluvchi ijtimoiy muammo ekani ta’kidlandi. Uning oldini olishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan bir qatorda mahalla, ta’lim muassasalari, jamoat tashkilotlari va keng jamoatchilikning hamkorligi muhimligi qayd etildi.

Aholining huquqiy savodxonligini oshirish, yoshlarni turli aldovlardan asrash, xorijga chiqayotgan fuqarolarni ogohlantirish va profilaktik targ‘ibot ishlarini kuchaytirish bo‘yicha fikr almashildi.

Muhokama yakunida odam savdosining oldini olish uchun barcha kuch va vositalarni birlashtirish, hamkorlikni kuchaytirish hamda inson manfaatlarini ustuvor qo‘yish zarurligi ta’kidlandi.


🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash
Slide 1 of 5