Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
AHOLI BANDLIGI — DOIMIY E’TIBOR VA NAZORATDA

Aholini munosib mehnat faoliyatiga jalb etish, ishsiz fuqarolar uchun barqaror daromad manbalarini yaratish va yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish oilalar farovonligini ta’minlashning muhim omillaridan biridir. Shu bois hududda bandlik masalalarini manzilli hal etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va har bir murojaat bo‘yicha amaliy yechim ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu maqsadda Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi Kotibiyati mudiri, deputat V. Xasanov tomonidan Yangiobod tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi rahbariyati bilan aholi bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan muhokama o‘tkazildi.

Muhokama davomida tumandagi bandlik holati, ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish va mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mehnat bozoridagi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, ish izlayotgan fuqarolarni manzilli qo‘llab-quvvatlash, o‘zini o‘zi band qilish va tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirish orqali aholining daromadlarini oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Mahallalar kesimida ishsiz fuqarolarni aniqlash, ularning kasbiy ko‘nikmalari va ehtiyojlarini o‘rganish, har bir fuqaro uchun mos bandlik yo‘nalishini belgilash hamda amalga oshirilgan ishlarning natijadorligini muntazam nazorat qilib borish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Bo‘lim rahbariyati bilan muloqotda aholi murojaatlarini e’tiborsiz qoldirmaslik, bandlik bo‘yicha takliflarni amaliy natijaga yo‘naltirish va ish bilan ta’minlangan fuqarolarning barqaror daromadga ega bo‘lishiga ko‘maklashish zarurligi ta’kidlandi.

Yakunda aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga yo‘naltirish va daromad manbalarini kengaytirish bo‘yicha tegishli tavsiya va vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 1