Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
Ko‘p kvartirali uylarni ruxsatsiz qurish uchun javobgarlik kuchaytiriladi
Ko‘p kvartirali uylarni ruxsatsiz qurish uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Qonun (O‘RQ-1179-son, 28.09.2026-y.) bilan qurilish sohasida davlat nazorati va boshqaruvini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalaridan ruxsatnoma olish talab etiladi.

Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, ko‘p kvartirali uylarni tegishli inspeksiyaning ruxsatisiz qurish, agar bunday harakat uchun avval ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Shuningdek, shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish odam o‘limiga yoxud boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanadi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash