Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
Mahalladagi ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi

Mahalladagi ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 4-Yangihayot saylov okrugi deputati G. Shafoatova tomonidan “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar”ning 5-bandida belgilangan vazifalar asosida Yangihayot MFYda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati va samaradorligi, shuningdek, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash jarayonlari o‘rganildi.

Shuningdek, ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarning murojaatlari, mavjud ehtiyojlari va ularga ko‘rsatilayotgan amaliy yordam holati ko‘rib chiqildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va xizmatlar sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha zarur choralar belgilandi.