Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
Bog‘chadagi sharoitlar va bolalar fikri o‘rganildi

Bog‘chadagi sharoitlar va bolalar fikri o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 4-Yangihayot saylov okrugi deputati G. Shafoatova o‘zi saylangan Yangihayot MFY hududidagi 4-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida ota-onalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning bog‘chadagi sharoitlar, mavjud qulayliklar va ularni yanada yaxshilash bo‘yicha fikr hamda takliflari tinglandi. Bildirilgan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.

O‘rganish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun xavfsiz, qulay va sifatli ta’lim-tarbiya muhitini yaratish muhimligi qayd etildi. Bu boradagi ishlar O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida tashkil etilishi lozimligi ta’kidlandi.

Aniqlangan masalalar hamda bildirilgan takliflarning ijrosi deputatlik nazorati doirasida kuzatib borilishi belgilandi.