Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
Maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi

Maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 10-Yangiyo‘l saylov okrugi deputati R.Shamanov saylangan Qo‘ng‘irot MFYdagi 8-sonli umumta’lim maktabida “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar” asosida maktab kutubxonasi faoliyati mutaxassis T.Murodov tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish davomida kutubxonadagi mavjud adabiyotlar fondi, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, kitoblarning saqlanishi va hisobini yuritish holati, shuningdek, o‘quvchilarning kitobxonlikka qiziqishini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, o‘quvchilarni badiiy, ilmiy-ma’rifiy va o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash, kutubxonadan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda kitobxonlik tadbirlarini muntazam tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berilib, maktab kutubxonasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 3