Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat F.Axmedov tomonidan tumanning “Sijjak” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla raisi ishtirokida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida mahallaning 20 nafar fuqarolari deputatga murojaat qildilar.

Xususan, kadastr sohasiga oid murojaatlarda fuqarolarning tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish, mavjud masalalarni hal etish va huquqiy jihatdan aniqlik kiritish bilan bog‘liq muammolari ko‘tarildi.
Shuningdek, mahallada maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish, chiqindilarni tashish xizmati bilan bog‘liq masalalar ham aholi tomonidan ko‘tarildi. Murojaatlar yuzasidan mavjud holatni o‘rganish va tegishli mas’ullar bilan birgalikda muammolarni bartaraf etish zarurligiga e’tibor qaratildi.
Qabul jarayonida moddiy yordamga muhtoj fuqarolarning murojaatlari ham ko‘rib chiqildi. Bunday murojaatlar bo‘yicha fuqarolarning ijtimoiy holatini o‘rganish, mavjud imkoniyatlar doirasida amaliy yordam ko‘rsatish masalalariga e’tibor qaratildi.
Bandlik masalasida murojaat qilgan fuqarolarning ish bilan ta’minlanishi, ularning mavjud imkoniyat va qobiliyatlaridan kelib chiqib mos ish o‘rinlariga yo‘naltirilishi bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

🔻Qabul davomida har bir murojaat alohida tinglanib, fuqarolarga ularni hal etish tartibi va keyingi amaliy choralar yuzasidan tushuntirishlar berildi. Ayrim masalalarni joyida hal etish imkoniyati mavjud bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish va ma’lum vaqt talab qiladigan murojaatlar deputat so‘rovi asosida ko‘rib chiqilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 3