Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
Imtiyozli kredit — hunarmandchilikni rivojlantirishga imkoniyat

Imtiyozli kredit — hunarmandchilikni rivojlantirishga imkoniyat

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Utemuratov Jiyengali Jolimbetovich topshirig‘iga asosan, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Aymbetov tomonidan “Do‘stlik” MFY hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi o‘rganildi.

🔎 O‘rganish doirasida dastlab fuqaro R.A. xonadoniga tashrif buyurilib, uning faoliyati bilan tanishildi.

💼 Ma’lum bo‘lishicha, fuqaroning imtiyozli kredit olishiga MFY hokim yordamchisi ko‘maklashgan. Bugungi kunda fuqaro mazkur imkoniyatdan foydalanib, xonadonida tashkil etilgan kichik sexda hunarmandchilik bilan shug‘ullanib, rakvina ishlab chiqarmoqda.

📌 O‘rganish jarayonida imtiyozli moliyaviy ko‘makning aholi uchun daromad manbai yaratish, o‘zini o‘zi band qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishdagi amaliy natijasi ko‘zdan kechirildi.

📋 O‘rganish yakunlari bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni deputatga taqdim etiladi.

Slide 1 of 2