Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
“Yangi hayot” mahallasida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

“Yangi hayot” mahallasida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Jamiyat barqarorligi va taraqqiyoti, avvalo, undagi tinchlik va xavfsizlik darajasi bilan belgilanadi. Ayniqsa, mahalla darajasida jinoyatchilikning oldini olish, yoshlarni turli huquqbuzarliklardan asrash bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda joylarda olib borilayotgan tizimli ishlar, hamkorlik va jamoatchilik nazorati muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Namangan shahrining “Yangi hayot” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish hamda huquqbuzarliklarni muhokama qilishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Namangan shahar hokimi, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari hamda shahar prokurori ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida hududda mas’ul tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan profilaktik chora-tadbirlar, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlar yuzasidan hisobotlar tinglandi. Mutasaddilar tomonidan mavjud muammolar tahlil qilinib, ularning ildiz sabablari chuqur muhokama etildi.

Shuningdek, mahallani jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish yo‘lida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi. Bu borada profilaktika inspektorlari, ta’lim muassasalari, mahalla faollari hamda ota-onalar hamkorligini kuchaytirish zarurligi alohida qayd etildi.

Yig‘ilishda mahalla tizimi va jamoatchilik nazoratining o‘rni beqiyos ekani ta’kidlanib, fuqarolarning befarq bo‘lmasligi, o‘z hududidagi ijtimoiy muhitga mas’uliyat bilan yondashishi jinoyatchilikni kamaytirishda hal qiluvchi omil ekani qayd etildi.

Mazkur uchrashuv mahallada tinch va osoyishta hayotni ta’minlash, fuqarolar xavfsizligini mustahkamlash yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.

Slide 1 of 5