Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bog‘iston” mahallasida hududni obodonlashtirish va tadbirkorlik loyihalari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvda ta’lim va tarbiya masalalari muhokama qilindi
янв.21
“Karmaki” mahallasida aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Qiziriq tumani sport maktabidagi mavjud holat o‘rganildi
янв.21
«Zartepa» mahallasida infratuzilma va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputatga biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlik masalalari o‘rganildi
янв.21
«Mustaqillik» mahallasida «Yangi O‘zbekiston qiyofasi» yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o'rganildi
янв.21
«Mustaqillik» mahallasidagi 14-sonli MTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI Yoshlar xiyobonidagi yashil hududlar deputatlik nazoratiga olindi

Marg‘ilon shahrida deputatlik nazorati tadbirlari izchil davom ettirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosi doirasida Yoshlar xiyobonining bugungi holatiga oʻrganilgan edi.

O‘rganish jarayonida xiyobondagi yashil maydonlar, manzarali daraxtlarning saqlanishi va parvarishlanishi masalalari e’tibor markazida bo‘ldi. Tadbir Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov va deputat M.Abdurahmonovaga biriktirilgan tashkilot — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi sohasidagi nazorat bo‘yicha Marg‘ilon shahar bo‘limi bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Shuningdek, deputatga biriktirilgan qonun — O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 21-sentabrdagi O‘RQ-409-son «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosi ham o‘rganishning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi.

Joyiga chiqib o‘rganish davomida xiyobondagi ayrim manzarali daraxtlarning qurib qolgani aniqlandi. Bu holat yashil hududlarni saqlash va parvarishlash ishlarini kuchaytirish zarurligini yana bir bor ko‘rsatdi. Mutaxassislar daraxtlarning qurishiga sabab bo‘lgan omillarni aniqlash va ularni tegishli tartibda hisobga olish lozimligini ta’kidladilar.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi M.Abdurahmonova Marg‘ilon shahar hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jaligi, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga rasmiy deputat so‘rovi yubordi.

Deputatlik nazorati doirasidagi ushbu o‘rganish O‘RQ-409-son Qonun talablarining amaliyotda ijro etilishini ta’minlash, yashil hududlarni asrash va shahar ekologik muhitini yanada yaxshilashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Slide 1 of 1