Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bog‘iston” mahallasida hududni obodonlashtirish va tadbirkorlik loyihalari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvda ta’lim va tarbiya masalalari muhokama qilindi
янв.21
“Karmaki” mahallasida aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Qiziriq tumani sport maktabidagi mavjud holat o‘rganildi
янв.21
«Zartepa» mahallasida infratuzilma va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputatga biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlik masalalari o‘rganildi
янв.21
«Mustaqillik» mahallasida «Yangi O‘zbekiston qiyofasi» yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o'rganildi
янв.21
«Mustaqillik» mahallasidagi 14-sonli MTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi
Mahalla – osoyishtalik tayanchi: “Quvonch” MFYda jinoyatchilikka qarshi samarali choralar muhokama qilindi

Mahalla – osoyishtalik tayanchi: “Quvonch” MFYda jinoyatchilikka qarshi samarali choralar muhokama qilindi

Jamiyatda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu borada mahalla instituti nafaqat ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtiruvchi, balki jinoyatchilikka qarshi kurashda muhim tayanch bo‘lib xizmat qilmoqda.

Namangan shahar “Quvonch” MFY idorasida shahar hokimi, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Ayubxon Kamalov, “mahalla yettiligi” a’zolari, nuroniylar hamda mahalla faollari ishtirokida hududni jinoyatchilikdan holi maskanga aylantirish masalasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Muhokamalar davomida jinoyatchilik, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida uchrayotgan huquqbuzarliklarning oldini olish masalasi kun tartibining asosiy mavzusi sifatida ko‘rib chiqildi. Ishtirokchilar tomonidan bu borada mahallaning o‘rni va mas’uliyati nihoyatda katta ekani alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, nuroniylar bilan hamkorlikda yoshlar tarbiyasini kuchaytirish, ularni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish orqali salbiy holatlarning oldini olish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Davra suhbatida jinoyatchilikka qarshi kurashishda targ‘ibot ishlarini zamonaviy yondashuvlar asosida olib borish, jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish hamda mahalla faollarining faolligini oshirish yuzasidan yangi taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

Yig‘ilish yakunida bildirilgan fikr va takliflarni amaliyotga tatbiq etish orqali “Quvonch” mahallasini yanada tinch, xavfsiz va namunali hududga aylantirish borasida aniq vazifalar belgilab olindi.
 

Slide 1 of 4