Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
DMED TIZIMINING ISHLASH JARAYONI O‘RGANILDI

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #24_ta_tavsiyaviy_savol #ekspert_guruhlari

DMED TIZIMINING ISHLASH JARAYONI O‘RGANILDI

🤔 Sog‘liqni saqlash tizimida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, tibbiy xizmatlarni aholi uchun yanada qulay va shaffof tashkil etish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.

🗂 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-avgustdagi PQ–289-son qarori hamda sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirishga qaratilgan boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar ijrosi doirasida tumandagi oilaviy poliklinikalarda DMED raqamli tibbiyot tizimining ishlash jarayoni o‘rganildi.

💼 O‘rganish ishlari mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta tavsiyaviy yo'nalishi doirasida amalga oshirilib, unda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov hamda ekspert guruhi a’zosi Alisher Giyasov tomonidan o'tkazildi.

📇 O‘rganish davomida DMED tizimi orqali fuqarolarning elektron tibbiy ma’lumotlarini shakllantirish va saqlash, shifokor qabuliga elektron tarzda yozilish, tibbiy xizmatlarni raqamli tartibda rasmiylashtirish hamda elektron retseptlarni shakllantirish jarayonlariga alohida e’tibor qaratildi.

📊 Shuningdek, tibbiyot xodimlarining DMED Pro platformasidan foydalanishi, bemorlarni qabul qilish, tashxislarni elektron tizimga kiritish va elektron retsept rasmiylashtirish jarayonlari ko‘rib chiqildi.

📈 O‘rganish yakunida tizimdan samarali foydalanish, elektron ma’lumotlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri shakllantirish hamda aholiga raqamli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini tushuntirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Aniqlangan masalalar deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 5